«Aqlli» funksiyalarga ega bo‘lmagan oddiy telefonlar katta miqdorda ishlab chiqarilmoqda va talabga ega bo‘lyapti. Biroq oddiy telefonlar orasida ham tajriba yordamida yaratilganlari uchrab turibdi. Clubit New kompaniyasi eng kichkina mobil telefon - Zanco Tiny T1’ni namoyish etdi, deb xabar bermoqda hi-tech.mail.ru. portali.
Ta'kidlanishicha, telefon qo‘ng‘iroq qilish, xabar yozishi mumkin – va bo‘ldi. Hech qanday o‘yinlar, ilovalar, internet, kalendarlar va boshqa funksiyalar yo‘q. Unda to‘laqonli klaviatura hamda kichik monoxromli 12,5 millimetr kenglikka ega ekran bor. U faqat nano-sim-karta orqali ikkinchi avloddagi tarmoqlarda ishlaydi.
Eng qizig‘i – o‘lchamlar. Zanco telefoni 46,7 × 21 × 12 millimetr o‘lchamlarga ega, og‘irligi esa atigi 13 gramm. Akkumulyator 3 kunlik kutish rejimi va 180 daqiqalik suhbatga ega, u microUSB porti orqali quvvatlantiriladi.
Uning xususiyatlari bir qadar kulgili ko‘rinadi: yozuv kitobchasi 300 ta aloqaga, xotira 50 ta SMS va 50 ta so‘nggi qo‘ng‘iroqqa mo‘ljallangan, 32 MB operativ va 32 MB o‘rnatilgan xotirasi, 13 ta ringtoni bor. Biroq, uning narxi ancha arzon – avvaldan buyurtma qilinsa, atigi 30 funt. Ilk mahsulot 2018 yilning mayida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Loyiha Kickstarter’da ishga tushirildi va 33,5 mingdan 9 ming dollarni yig‘di. Mablag‘ yig‘ish davom etmoqda.