2018 yil boshida Hitlerning “Mersedes”i sotuvga qo‘yiladi

Fan-texnika 21:00 / 20.12.2017 21897

2018 yil yanvari o‘rtalarida AQShning Skotsdeyl shahrida Mercedes-Benz 770K Grosser Offener Tourenwagen avtomobili sotuvga qo‘yiladi. Bu mashinadan 1939 yil oktabridan 1941 yil mayigacha Adolf Hitlerning parad mashinasi sifatida foydalanilgan. Bu haqda Worldwide-auctioneers nashri xabar bermoqda.

Ushbu mashina Hitler uchun uning istaklari va shaxsiy haydovchisi Erix Kempkning  talablari asosida maxsus yaratilgan. Avtomobil 30 millimetrli zirhlangan old oyna, kuchaytirilgan kuzov panellari va pol, salonning orqa qismi ustidan maxsus himoya seksiyasi bilan jihozlangan. Bu seksiyani ko‘tarib-tushirish mumkin.

Hammasi bo‘lib bunday mashinadan 203 dona ishlab chiqarilgan. Ayni vaqtda dunyoda bu avtomobildan 5 donagina saqlanib qolgan, ulardan uchtasi xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. Bunday mashinalardan o‘z vaqtida Yaponiya imperatori Xiroxito, Norvegiya qiroli, diktatorlar Antoniu di Salazar va Fransisko Franko foydalangan.

Foto: motor.ru

Avtomobil 7,7 litrli, 8 silindrli, 230 ot kuchiga erisha oladigan dvigatel, 5 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Foto: motor.ru

Hitlerning “Mersedes”i 1945 yilda amerikalik harbiylar qo‘liga tushgan va AQShga jo‘natilgan. Mashina bir necha marta sotuvga qo‘yilgan. Mashina o‘z vaqtida Las-Vegasdagi Imperial Palace kazinosi kolleksiyasida saqlangan va Chikagodagi muzeyda tomoshaga qo‘yilgan. 

Foto: motor.ru

Mashinani necha pulga sotish mo‘ljallanayotgani bo‘yicha aniqlik kiritilmagan. Biroq shu ma'lumki, uni sotishdan olinadigan mablag‘ning 10 foizi Xolokost masalalari bilan shug‘ullanuvchi ta'lim va jamoat tashkilotlariga o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: