Rahmat Oqilov ustidan sud qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum

Foto: Aftonbladet
Shvetsiya politsiyasi joriy yilning aprel oyida Stokholmda ro‘y bergan terakt bo‘yicha ish yuzasidan tergovni yakunladi. Ushbu terrorchilik xurujini sodir etishda o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov gumonlanmoqda. Bu haqda TV 4 telekanali prokuror Xans Irmanga tayangan holda xabar berdi.
"Dastlabki tergov yakunlandi hamda ish materiallari advokatga topshirildi. Biroq sud ta'qibi hozircha qo‘zg‘atilmadi", - deya aytib o‘tdi prokuror Irman.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kutilishicha, gumonlanuvchi ustidan sud 2018 yilning fevralida bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
7 aprel kuni yuk mashinasi haydovchisi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rahmat Oqilovning hibsda saqlanish muddati uzaytirilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

11:16 / 06.02.2025
Shvetsiyadagi o‘quv markaziga hujum: 11 kishi halok bo‘ldi

10:51 / 05.02.2025
Shvetsiyada o‘quv markazidagi otishma vaqtida 10 kishi halok bo‘ldi

17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi

10:32 / 31.01.2025