Kelajak konvertoplani ilk parvozini amalga oshirdi

Fan-texnika 19:07 / 19.12.2017 11723

AQShda kelajak konvertoplani deb e'tirof etilayotgan Bell V-280 Valor ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda qurilmani ishlab chiqqan Bell Helicopter kompaniyasi saytida ma'lum qilindi.  

Parvoz 18 dekabrda Texasdagi aerodromda bo‘lib o‘tgan. Sinov vaqtida qurilma 15 daqiqa havoda parvoz qilgan. Qurilma bir joyda muallaq turish rejimida sinalgan. Unda hozircha gorizontal uchishlar amalga oshirilmagan.

Qurilma AQSh qurolli kuchlari uchun yangi harbiy vertolyotlar yaratish loyihasi doirasida Future Vertical Lift dasturi bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun yaratilgan. 

FVL dasturida hozirda mavjud bo‘lgan Sikorsky UH-60 Black Hawk, AH-64 Apache va CH-47 Chinook vertolyotlari o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan, 5 turdagi vertikal uchuvchi parvoz qurilmasini yaratish ko‘zda tutilgan.  

V-280 Valor AQSh armiyasiga 2014 yilda taqdim qilingan. Qurilmani yaratishda asosiy e'tibor uning vaznini kamaytirish hisobiga narxini pasaytirish va ishonchliligini oshirishga qaratilgan. 

Konvertoplan soatiga 518,6 km tezlik bilan ucha oladi. Mashinaning jangovar radiusi 1481 km.ni tashkil qiladi.

Qurilma armiya bo‘linmalarini uzoq masofalarga tashlash maqsadida yaratilgan. Konvertoplan vertolyotdan ko‘proq imkoniyatlarga ega va shu bilan birga harbiy samolyotlardan farqli ravishda, vertikal uchib-qo‘na oladi.

Ko‘proq yangiliklar: