Amerikaning Forbes jurnali 2017 yilda jahon bo‘ylab kimning boyligi eng tezlik bilan o‘sib borganiga oid reytingni tuzdi.
Birinchi o‘rinda - Amazon kompaniyasi asoschisi va rahbari Jyeff Bezos. Tadbirkorning aktivlari joriy yilda 33,8 mlrd dollarga ko‘paydi hamda dekabr oyi o‘rtalariga kelib 98,6 mlrd dollarga baholanmoqda.
Ikkinchi pog‘ona Evergrande Group kompaniyasi egasi Syuy Tszyainda. Uning puli 2017 yilda 27,4 mlrd dollarga oshdi hamda 36,5 mlrd dollarni tashkil qildi.
Uchinchi o‘rin - Louis Vuitton kompaniyalar guruhi prezidenti Bernar Arnoda. U bir yil ichida 23,6 mlrd dollarga boyidi, kapitali esa 40,3 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va rahbari Mark Tsukerberg – to‘rtinchi o‘rinda. 2017 yilda uning boyligi 23,6 mlrd dollarga o‘sdi - 72 mlrd dollargacha.
Ilk beshlikka Tencent telekommunikatsiya kompaniyasi asoschisi Ma Xuaten yakun yasab berdi. U 21,8 mlrd dollarga boyib, umumiy kapitali hajmi 44,3 mlrd dollarga yetdi.
Shuningdek o‘nlikdan hindistonlik mediamagnat Mukesh Ambani, meksikalik Karlos Slim, Osiyoning eng boy ayoli Yan Xueyyan, Oracle asoschisi Larri Ellison va Christie’s «kim oshdi» savdo uyi egasi Fransua Pino joy oldi.