Durov Telegram ishida nega nosozlik yuz berganini aytdi

Fan-texnika 10:46 / 19.12.2017 11358

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer ishidagi nosozlik haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

U nosozlikni foydalanuvchilar sonining juda ko‘payib ketgani bilan bog‘ladi.

«So‘nggi vaqtlarda trafik juda ham kattalashib ketgani tufayli xabarlar sekinroq yetkazilayotgandi. Biz o‘zgarishlar kiritdik, ertaga hammasi yaxshi ishlashi kerak», - deya yozdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Telegram ma'muriyati BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari ofisiga murojaat qilib, Rossiyada messenjer atrofida yuzaga kelgan vaziyatga ta'sir ko‘rsatishni so‘ragani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: