Niderlandiyadagi to‘g‘on elektr energiyasisiz yoritilgan ilk obekt bo‘ldi

Fan-texnika 16:46 / 18.12.2017 7939

Bir necha yil avval Niderlandiya hukumati Icoon Afsluitdijk loyihasini hayotga tatbiq etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Uning mohiyati barcha milliy yo‘llarni energetik jihatdan neytrallashtirishdan iborat. 

Loyiha qator punktlardan tashqari, yoritish va qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqarish o‘rniga yorug‘lik tarqatuvchi suv o‘simliklaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 

Ekologik sof yorug‘lik qo‘llangan birinchi obekt Afslyoytdeyk to‘g‘oni bo‘ldi, uning uzunligi deyarli 30 kilometrni tashkil qiladi, kengligi esa - 90 metr.

Foto: Dezeen

To‘g‘on XX asr boshida Shimoliy dengizdagi Zyoylerzeye ko‘rfazini to‘sib, uning yordamida Shimoliy Niderlandiya va Frislandiyani birlashtirish natijasida qurilgan. Hozir undan yirik shosse o‘tgan va u yerdan har kuni 20 minggacha mashina o‘tadi. Shu bois Roosegaarde studiyasi  muhandislari, birinchi navbatda, aynan uni yoritishga qaror qilishdi va to‘g‘onni yorug‘likni aks ettiruvchi bo‘yoq va yorug‘lik tarqatuvchi prizma bilan qoplashdi. Endi ko‘prik undan harakatlanayotgan mashinalar faralari bilan yorishmoqda va unga elektr energiyasining keragi yo‘q. 

Foto: Dezeen

Loyihani 2030 yilga qadar amalga oshirish rejalashtirilgan. Uni amalga oshirish davomida tabiiy yorug‘lik (masalan, fluoressent o‘simliklar) bilan bog‘liq tajribalar qo‘llaniladi. 

Ko‘proq yangiliklar: