Xitoyda 4 ta kamerali smartfon paydo bo‘ldi

Fan-texnika 20:46 / 18.12.2017 17111

Xitoyning Vernee kompaniyasi Full HD sifatiga ega, hoshiyasiz ekran va sig‘imi 6200 mA-soatni tashkil qiluvchi batareya bilan jihozlangan Vernee X smartfonini ishlab chiqdi. 

Smartfon qalinligi uning kuchli batareyasi evaziga muqobillaridan biroz enliroq bo‘lib, 9,8 mm.ni tashkil qiladi. Gadjyet 8 yadroli Helio P23 protsessori, 6 Gb tezkor xotira va 128 Gb doimiy xotira, barmoq izlari skaneri, yuzni tanish texnologiyasini olgan. 

E'tiborlisi, smartfon ikkita ikkilangan kamera: 16+5 Mp li asosiy kamera va 13+5 Mp li old kameraga ega. 

Yangi smartfonning narxi 250 dollarni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: