AQSh yadro quroli sinovlari videosidan maxfiy maqomini oldi (video)

Fan-texnika 18:31 / 15.12.2017 15519

Lourens nomidagi Livermor milliy federal laboratoriyasi (LLNL) tadqiqotchilari guruhi "Yutub"dagi rasmiy sahifasida atmosferada yadro portlashining 62 ta videosini e'lon qildi. Olimlarning maqsadi AQShda amalga oshirilgan yadro sinovlaridan katta qismini e'lon qilishdir – bu ma'lumotlar, ekspertlarning fikricha, kelajakda shaharlar hamda hayotiy muhim obektlarga yadro zarbasi berilishi oqibatlarini hisoblab chiqishda qo‘l keladi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, hali qilinadigan ishlar ko‘p – AQShda faqatgina 1945 yildan 1962 yilgacha 210 ta atmosfera yadro portlashi amalga oshirilgan. Bu sinovlar bo‘yicha videomateriallarning umumiy miqdori to‘qqiz ming filmdan ortiqni tashkil etadi – ulardan har birini ko‘rib chiqish lozim va dasturiy ta'minot yordamida qayta ishlash darkor.

Laboratoriya arxividagi eng “hayratlanarli” fayllardan biri “Dominik” loyihasi doirasidagi 105 ta yadro portlashidan iborat bo‘lgan seriyadir. Ushbu loyiha AQSh hududida yadro qurolini eng ommaviy va intensiv sinovlariga tegishli.

Ko‘proq yangiliklar: