Venesuela giperinflyatsiya davriga kirdi

Iqtisodiyot 08:18 / 14.12.2017 11464

Venesuela savdo-sanoat palatalari federatsiyasi va uyushmalari prezidenti Karlos Lasarrabalning bayonot berishicha, mamlakat iqtisodiyotning giperinflyatsiya bosqichiga kirdi. 

"Bu tashvishli, chunki u barchamizni sarmoyadan mahrum etadi. Prezident esa inflyatsiya kuchayishiga turtki beradigan likvidlik hajmini har yili 900 foizga oshirmoqda", — deya Lasarrabal so‘zlarini keltiradi Nacional nashri. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaziyatda hukumat biznesga narxlarni 50 foizga arzonlashtirishni talab qilib qo‘shimcha zarba bermoqda. Bu ko‘plab tadbirkorlarning kasodga uchrashini anglatadi. 

Lasarrabalning aytishicha, qishloq xo‘jaligiga ham shu tarzda zarar yetkazishmoqda. "Hozir biz avvalgi ekinlarning 60 foizini ekayapmiz, xolos", – deya qayd etgan tadbirkor. Uning ma'lum qilishicha, xom ashyo sohasida ham ishlab chiqarish hajmi 60-70 foizga tushib ketgan. 

Bir necha kun avval muxolifatdagi Milliy assambleyaning moliya komissiyasi 2017 yilning 11 oyligi yakunlari bo‘yicha to‘plangan inflyatsiya darajasi 1300 foizdan oshganini, yil yakuni bo‘yicha 2000-2100 foizni tashkil etishini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: