«O‘zsanoatqurilishbank» ATB xorijiy banklarni tashqi moliyalashtirishga kirishmoqda

Iqtisodiyot 13:30 / 14.12.2017 11250

Avval ma'lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasiga 13-14 dekabr kunlari Qirg‘iziston Repsublikasi Prezidenti Sooronboy Jeenbekov rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida turli sohalardagi ikkitomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo xujjatlar imzolandi.

Xususan, O‘zbekiston Hukumati tomonidan Resbuplikaning yetakchi  banklariga O‘zbekiston Respublikasidan Qirg‘iziston Respublikasiga tovar va xizmatlarni eksport qilish uchun Qirg‘izistonning moliya-kredit tashkilotlariga 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolash taklif qilingan.

Mazkur hujjat doirasida «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Qirg‘iziston kredit tashkilotlariga kredit liniyalari ajratish orqali O‘zbekistondan qo‘shni davlatga texnologiyalar va tovarlar olib kelishni moliyalashtirish imkonini beradigan uch yetakchi bankdan biri sifatida belgilangan.

Ta'kidlash joizki, O‘zsanoatqurilishbank milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy islohotlarida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlariga har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgan yirik aksiyadorlik-tijorat banklaridan biri hisoblanadi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: