Prezidentning «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoni va «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi tizimida hamda tijorat banklarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi KUN.UZ’ga O‘zYoI viloyat Kengashi matbuot xizmati.
Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi tizimida hamda tijorat banklarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarni hamda barcha tijorat banklari yetakchilari ishtirok etdi. Mazkur uchrashuvda bank tizimida mehnat qilib kelayotgan yosh xodimlarni ittifoq faoliyati bilan yanada yaqindan tanishtirish, yosh xodimlarni tijorat banklarda tashkil etilgan boshlang‘ich tashkilotlarga a'zo bo‘lishi masalalarida sustkashlik bilan qaralayotganligi tanqid qilindi va ushbu jarayonga faollik bilan kirishish muhokama etildi.
Bundan tashqari, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan tijorat banklari o‘rtasida o‘zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir necha masalasiga alohida e'tibor qaratildi..
Xususan, Markaziy banki Samarqand viloyat bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatidagi bank tizimlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida «Yosh iqtisodchilar» klubi tashkil etiladi. Bundan tashqari, bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida «Yosh bankirlar» tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ochiq muloqotda eng muhim kelishuvlardan biri shu bo‘ldiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi F-5071-son farmoyishi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoyishiga asosan, Samarqand viloyatida afv etilgan, endilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida 19 nafar yoshlarga Markaziy banki Samarqand viloyat bosh boshqarmasi hamda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar berilishiga kelishib olindi.