Yaponiya hukumati dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va bolalarni davolash maqsadlariga 2,9 mlrd dollar mablag‘ ajratadi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokioda ochilgan universal sog‘liqni saqlash muammolariga bag‘ishlangan halqaro konferensiyada shu haqda bayonot berdi.
Anjumanda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh, Jahon banki va JSST rahbariyati ham ishtirok etmoqda.
"Yaponiya salomatlikni sug‘urtalash bo‘yicha global tizim barpo etilishiga muhim ahamiyat beradi va bu borada xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlik qilish niyatida", - degan bosh vazir. Uning aytishicha, Tokio tomonidan ajratilishi kutilayotgan 2,9 mlrd dollarlik subsidiyalar 2023 yilga kelib asosiy tibbiy sug‘urta imkoniga egalar kishilar sonini 1 mlrd.ga yetkazish imkonini beradi.
Avvalroq, BMT 2030 yilga kelib, sayyorada istiqomat qiluvchi har bir inson sug‘urta asosida sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanishga erishish maqsadini ilgari surgan edi.