Google Xitoyda sun'iy ongni o‘rganuvchi markazga asos soldi

Fan-texnika 22:00 / 13.12.2017 5061

Google korporatsiyasi Pekinda sun'iy ong sohasidagi tadqiqotlar markazini ochishini e'lon qildi. Bu haqda gaplar internetda anchadan beri yurgandi va mana endi rasman tasdiqlandi. Kompaniya rahbariyati shu tariqa bu sohani nafaqat faol rivojlantirish, balki Google’ga sun'iy ong sohasida yangi marralarga erishishda yordam beradigan iste'dodli xitoyliklarni to‘plashga muvaffaq bo‘lishga ishonch bildirgan.

Google qidiruv tizimi Xitoyda to‘silganiga qaramay, kompaniyaning yuzlab xodimlari bu mamlakatda hamon ishlashmoqda. Google’ga egalik qiluvchi Alphabet korporatsiyasi rahbari Erik Shmidtning aytishicha, Google hech qachon Xitoyni tark emaydi, chunki bu davlat haqiqatda qimmatli xodimlarning bitmas-tuganmas manbai hisoblanadi, buni hech qanday vaziyatda inkor etish kerak emas.
 
Yangi markaz Google’ning Nyu-York, Toronto, London va Tsyurixdagi boshqa bo‘limlari bilan hamkorlik qiladi. Markazda bir necha o‘nlab dasturchilar va olimlar ishlashmoqda, biroq kompaniyaga hali ham ko‘plab xodimlar zarur. Kompaniya bu sohada Xitoyning Baidu, Tencent va Alibaba kabi kompaniyalari bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

“Men aminmanki, sun'iy ong bizning oldimizda cheksiz imkoniyatlar ochadi. Keyingi texnologik “portlash” Kremniy vodiysida yoki Pekinda yoki yana boshqa bir joyda yuz berishi muhim emas. Muhimi, sun'iy ong odamlar hayotini yaxshiroq qiladi. Bu sohada yetakchi kompaniya sifatida biz uchun bosh maqsadimizga birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan erishish juda muhimdir. Buning uchun biz bu sohadagi eng kuchli mutaxassislarni birlashtirishimiz zarur”, deb aytgan Google’ning sun'iy ong bo‘yicha bosh mutaxassisi, doktor Fey-Fey Li.

Ko‘proq yangiliklar: