Germaniya 2017 yil shamoldan energiya olishda rekord qo‘yadi

Fan-texnika 08:34 / 13.12.2017 7021

Germaniyaning FA Wind tashkiloti GFR yil oxirigacha shamol elektrstansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha rekord o‘rnatadi. FA Wind hisob-kitoblariga ko‘ra yil oxirigacha mamlakatda 5,9 GVtdan 6,2 GVtgacha bo‘lgan shamol quvvatlari foydalanishga topshiriladi. 

Umuman 2017 yil 1 yanvaridan 30 sentabrgacha GFRda 1430 ta shamol turbinasi o‘rnatilgan. Ularning quvvati 4,160 GVtni tashkil etadi. Yangi qurilmalarning qariyb chorak qismi Quyi Saksoniyaga joylashtirilgan. 

ReNews xabariga ko‘ra turbinalarning aksariyati rekonstruksiya chog‘ida o‘rnatilgan. O‘tgan oylar mobaynida 5516 MVt lik uskunalar ishga tushirilgan. Bunda hukumat 2017-2019 yillar oralig‘ida atigi 2,8 GVt ko‘rsatkichga erishishni rejalashtirgan edi. 

Raqamlarga murojaat qilinsa, ShES Germaniyadagi qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan energiya ishlab chiqarishda eng katta ulushni tashkil etadi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bir yilda shamol elektrstansiyalari 94 TVt*s elektr energiyasi ishlab chiqqan. Taqqoslash uchun bioyoqilg‘i 44 TVt*s, quyosh panellari — 38 TVt*s elektr energiya ishlab chiqargan.

Ko‘proq yangiliklar: