Tagligi yemirilmaydigan krossovka ishlab chiqildi

Fan-texnika 16:10 / 08.12.2017 12452

Britaniyaning inov-8 sport brendi Manchester universiteti bilan hamkorlikda tagligi grafendan yasalgan sport poyabzali ishlab chiqdi. Tarixdagi ilk bunday poyabzal tagligi grafendan bo‘lgani uchun odatdagilarga nisbatan ancha pishiq va yemirilishga chidamli bo‘ladi, deb yozmoqda Phys.org.

Grafen ilk marotaba 2004 yili Manchester universitetida olingan bo‘lib, bir atom qalinligidagi ikkihadli material bo‘lib, ko‘plab texnologiyalar va ishlab chiqarish sohalarida inqilob o‘rnatishi mumkin. Grafenni olishga muvaffaq bo‘lgan olimlar 2010 yili fizika bo‘yicha Nobel bo‘yicha mukofotga sazovor bo‘lishgandi. 

Keyinchalik, Manchester universiteti grafenni avtomobillar qoplamalari, tibbiyot anjomlari va samolyotlarda qo‘llashni joriy qildi. Endilikda, bu ro‘yxatga sport oyoq kiyimi ham kirdi. 

«Grafenni qo‘rqmasdan bukish, silkitish va yig‘ish mumkin, u zararlanmaydi, — deydi Manchester universiteti doktori Aravind Vijayaragxavan. — inov-8 kompaniyasining G-Series poyabzalida tagligi ishlab chiqariladigan kauchukka grafen qo‘shilsa, u o‘z xususiyatini taglikka beradi. Shu bilan 50 foizga chidamliroq, elastik va yemirilishga chidamli poyabzal ishlab chiqish imkonini beradi. Bu inqilobiy mahsulot iste'mol bozoriga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi».

inov-8 krossovkalari 2018 yili bozorga chiqishi rejalashtirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: