Samsung 12 daqiqada quvvatlanuvchi akkumulyatorni patentlashtirdi

Fan-texnika 22:25 / 27.11.2017 8533

Litiy-ionli batareyalar uzoq 1991 yildayoq bozorlarga chiqqan. O‘sha vaqtdan beri ularning ba'zi ko‘rsatkichlari yaxshilangan, biroq hanuzgacha bunday batareyalardan eng ilg‘orlarining ham quvvatlanishiga bir soatdan ko‘p vaqt ketadi. Samsung yaratgan grafen batareya esa bor-yo‘g‘i 12 daqiqada quvvatlanadi.

Yangi texnologiya Samsung’ga grafitdan olinadigan uglerod element – grafenni kremniy dioksidi (SiO2) qo‘llab ko‘p miqdorda sharchalar (aniqrog‘i, bodroq donalari  shaklida) sintezlashga imkon beradi. Bu sharchalar batareyaga elektr o‘tkazuvchanlikni himoyalash va ta'minlashga yordam beradi. Shu tariqa quvvatlash vaqti qisqaradi va shu bilan bir vaqtda yuqori haroratlardan himoya ta'minlanadi. Grafen sharchalar litiy-ion batareyalarda anod va katod o‘rnini bosadi.  

Foto: phys.org
Foto: phys.org

Ma'lumki, grafen elektr tokini kremniydan 140 marta tezroq o‘tkazadi, bu esa batareya quvvatlanishi tezligini 5 marta oshiradi. Bundan tashqari, batareyalarni tayyorlash uchun grafen sharchalardan tayyorlangan materiallarni qo‘llash ularning sig‘imdorligini 45 foizga oshiradi. Samsung Advanced Institute of Technology (SAIT) tomondan yaratilgan texnologiya haroratni 60 gradusgacha ushlab turadi, bu esa ushbu texnologiyani elektrokarlar uchun qo‘llashni ham o‘rinli qiladi.  

Mutaxassislarning fikricha, ushbu texnologiya akkumulyatorlar sanoati uchun haqiqiy “portlash” bo‘lishi mumkin. SAIT o‘z texnologiyasiga AQSh va Janubiy Koreyada patent olish uchun ariza bergan.

 

Ko‘proq yangiliklar: