Xitoyda stels-samolyotlar uchun yangi superqoplama yaratildi

Fan-texnika 10:55 / 14.03.2018 10940

Xitoylik olimlar zamonaviy qiruvchi samolyotlarning nafaqat og‘irligini kamaytirishga, balki ularning sezilmasligini oshirishga imkon beruvchi yangi material yaratishdi. Bu haqda Sina axborot agentligi xabar bermoqda. Yangi material xususiyatlari va teksturasiga ko‘ra o‘ta pishiq tabiiy charmga o‘xshaydi, biroq uning “ishonchlilik” zaxirasi eng qattiq qotishmalarnikidan ham ancha kattaroq.

Foto: Guqqi Supermaterial Stealth Wing

Mutaxassislarning fikricha, yangi material o‘z ichiga o‘ta yupqa grafen qatlamni olgan, u yangi material bilan birga uchuvchi qurilma tomon yo‘naltirilgan deyarli barcha nurlanishni yuta olishga imkon beradi. Bunday material 5-avloddagi kam seziluvchi qiruvchi samolyotlarda qo‘llanadigan konstruksiyalardan 10-20 marta samaraliroq bo‘lishi mumkin.

Foto: Guqqi Supermaterial Stealth Wing
Foto: Guqqi Supermaterial Stealth Wing

Guqqi kompaniyasi tarkibiga kiruvchi, elektr magnit tebranishlar modulyatsiyasi laboratoriyasi yangi material ustidagi ishlarni 2011 yildan boshlab olib borgan, uning ishlab chiqarilishi Shenchjen shahrida yo‘lga qo‘yildi. Ushbu material qo‘llanishi bilan yaqin orada 5-avloddagi J-20 qiruvchi samolyotlaridan bir nechtasi hamda yangi hujumkor reaktiv dron tayyorlanishi mumkin.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: