iPhone zaryadini tejash uchun 15 maslahat

Fan-texnika 12:10 / 08.12.2017 19331

Odatda iPhone egalari yonida bir nechta quvvatlash qurilmalari, adapterlar va portativ akkumulyatorlar olib yurishiga to‘g‘ri keladi. Biz sizga smartfon batareyasining quvvatini qanday tejash mumkinligi xususida ma'lumot beramiz. 

Shu bilan eng kerakli lahzada telefon batareyasi pand bermasligiga ishonch oshadi, asabbuzarlik kamayadi, hayotingiz yanada qulayroq va osonroq bo‘ladi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Ularni qo‘llashga bir necha daqiqa kifoya — biroq bu amaliyot iPhone va boshqa smartfonlarning muqobil ishlash vaqtini sezilarli uzaytiradi. 

1.Bluetooth signalini o‘chiring

Foto: Better Humans

Bu akkumulyator quvvatini tejashning oddiy va yordam beradigan usulidir. Apple Watch soatingiz bo‘lmasa, Bluetooth modulini ishlatishdan ma'ni yo‘q. 

Bunga qo‘shimcha ravishda LTE tarmog‘ini o‘chiring. Ayrim mamlakatlarda mobil aloqa operatorlari ancha xasisdir. Agar sizning internet trafikingiz oyiga 1-2 Gb bo‘lsa, LTE tarmog‘iga ulanish nafaqat kerak emas, balki o‘chirib qo‘yish lozim. 

2.Ogohlantirishlarning bir qismini o‘chiring

Foto: Better Humans

Ilovalarga telefoningizga ogohlantirishlar yuborishini taqiqlang. Boshqa turdagi axborotlardan ham voz keching. Faqat qo‘ng‘iroqlar va taqvimni qoldirsangiz yetarli. 

3.Avtoyorqinlik funksiyasini ham o‘chiring

Foto: Better Humans

Ekranning avtoyorqinligini o‘chirish akkumulyatorni tejashning eng yaxshi usullaridan biridir. Smartfon mustaqil ravishda ekran yorqinligini o‘zgartirsa, quvvat sarfini kamaytirishning uddasidan chiqib bo‘lmaydi. 

Bunga qo‘shimcha ravishda oq-qora tartibini ishga tushirish ham mumkin. To‘g‘ri ko‘z o‘rganguncha, bu noodatiy tuyuladi. 

4.Yorqinlikni 10−25 foizga o‘rnatingSmartfon yorqinlik darajasini mustaqil boshqarmagach, uning darajasini «Sozlamalar»ga kirib, 10-25 foizgacha belgilash mumkin. Aksar hollarda bu yetarli hisoblanadi.

5.«Harakatni kichraytirish» funksiyasini faollashtiring

Foto: Better Humans

«Sozlamalar» → «Asosiy» → «Harakatni kichraytirish»ni ishga tushiring. Bu «Uyga» tugmachasi bosilganda animatsiyani kichraytiradi. 

6.3D Touch kerak emas

«Sozlamalar» → «Asosiy» → «Universal kirish» → «3D Touch»ni o‘chiring. Chunki ekranni bosishdan vibratsiyaning ishga tushishi ko‘p miqdorda energiya talab qiladi. 

7.«Bekor qilish uchun silkitish»ni o‘chirish

Foto: Better Humans

Smartfonning bu funksiyasidan juda kam hollarda foydalaniladi. Shundan ekan, keraksiz funksiyani o‘chirib qo‘ygan ma'qul. 

Foto: Better Humans

Bunga qo‘shimcha ravishda tebranish funksiyasidan ham uni o‘chirish orqali voz kechsa bo‘ladi. Bu batareyangiz kuchini ancha tejashga yordam beradi. 

8.Aksar ilovalar uchun yangilanishlarni bekor qiling

Foto: Better Humans

Ilovalar internet orqali yangilanishlarni qabul qilish yoki qilmasligini boshqara olasiz. Bu ayniqsa Dropbox va Evernote, yoki Google xaritasi uchun qo‘l keladi. 

9.Avtobloklanish vaqtini bir daqiqaga o‘rnating

Foto: Better Humans

iPhone ekrani qanchalik yoniq qolsa, energiya shunchalik ko‘p sarflanadi. Uni o‘zingizga moslashtirish juda oson. 

10.«Faollashtirish uchun ko‘tarish» funksiyasini o‘chiring

Foto: Better Humans

O‘chirilgan ekran quvvatni tejaydi. Shunday ekan, har safar qo‘lga olganda uni sarflashning nima keragi bor. Bu funksiya o‘chirilsa, yon yoki asosiy tugmacha bosilganda ekran yoqiladi.
 
11.Siri xizmatini o‘chiring

Foto: Better Humans

Agar siz ovozli xizmatdan doimo foydalanmasangiz, uni o‘chirib qo‘ygan ma'qul. 

Foto: Better Humans

Shu bilan birga quvvatni kam iste'mol qilish tartibini o‘chiring. iPhone batareya quvvati 20 foiz qolganida avtomatik ravishda quvvatni kamroq iste'mol qilish tartibiga o‘tishni tavsiya qiladi. Biroq bu tartibdan so‘ng, akkumulyator quvvati tez kamayishi yoki ba'zan smartfon o‘chib qolgani ham kuzatilgan. 

12.Aksar ilovalar uchun geojoylashuvni aniqlash funksiyasini o‘chiring

Foto: Better Humans

Ko‘plab ilovalar foydalanuvchining joyini avtomatik ravishda aniqlaydi. Biroq ilovaning me'yorida ishlashi uchun bu narsa deyarli talab etilmaydi.

Foto: Better Humans

Bundan tashqari, Apple kompaniyasiga hisobotlar yuborish xizmatini ham o‘chirish maqsadga muvofiq. iPhone dasturiy tizimi har kuni avtomatik ravishda tahliliy ma'lumotlardan iborat har xil hisobotlarni Apple serverlariga yuboradi. Albatta, buning uchun akkumulyator quvvati sarflanadi. 

13.Ilovalarni avtomatik yuklashni o‘chiring

Foto: Better Humans

«Sozlamalar» →«App Store»ga kirib, barcha avtomatik yuklamalarni o‘chiring. Odatda siz yuklashni mustaqil tanlay olasiz. 

14.Ma'lumotlarni Wi-Fi tarmog‘ida yuklash faoliyatini ishga tushiring

Foto: Better Humans

Bu batareya quvvati tejalishiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shundan so‘ng, iPhone elektron pochta va taqvim ma'lumotlarini Wi-Fi tarmog‘iga ulanganida yuklaydi.

Foto: Better Humans

Bu bilan birga suratlarning past sifati tartibini joriy qiling. 

15.Game Center markazini o‘chiring

Game Center o‘yin ilovasini ishga tushirganda turli axborotlarni ekranga chiqarishdan tashqari, ko‘plab batareya quvvatini iste'mol qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: