Instagram alohida messenjerni sinovdan o‘tkazishni boshladi, u Direct nomini oldi. Bu haqda The Verge nashri yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, ilovadan hozircha test rejimida olti mamlakatdagi iOS hamda Android foydalanuvchilari foydalanishi mumkin – Isroil, Italiya, Portugaliya, Turkiya, Chili va Urugvay. Kompaniyadan aniqlik kiritishlaricha, messenjerni global ravishda ishga tushirish bo‘yicha hech qanday aniq muddatlar hozircha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Youtube’da Instagram va Snapchat’dagi Stories’ga o‘xshash funksiya paydo bo‘lgandi.