Yelp, LinkedIn, Facebook, Kickstarter va Adobe kompaniyalari kun davomida ish joyida birmuncha hordiq chiqarish uchun xodimlariga turli imkoniyatlarni taqdim etadi. Mashqlar xonasidagi badantarbiyalardan tortib eski stol o‘yinlari ham yoddan ko‘tarilmagan. Quyida ushbu kompaniyalar xizmatchilari ish vaqtida yana nimalar bilan shug‘ullanishlarini bilib olishingiz mumkin.
Yelp firmasining Manhettendagi idorasi xodimlari ish vaqtida kornxol...
...yoki stol xokkey o‘ynashlari mumkin.
Musiqa ixlosmandlari uchun ham Yelp kompaniyasida imkoniyat bor.
LinkedIn xodimlari ham dam olish borasida hech narsadan g‘am chekishmaydi. Bilyard stoli, stol o‘yinlari va karaoke ularning xizmatiga shay.
Ular videoo‘yinlar o‘ynashi yoki idora kinoteatrida filmlar ko‘rishlari mumkin.
Bundan tashqari, Empire State Building binosidagi idorada eski telefon qurilmalari ortiga yashiringan spikizi-bar ham bor.
Facebook kompaniyasining Manhetten idorasi xodimlari hordiq chiqarish vaqtida idora bo‘ylab joylashtirilgan stol o‘yinlaridan foydalanishlari mumkin.
Xayolot olami boyroq ishchilar tantana liboslariga burkanishi ham mumkin.
Bruklindagi Kickstarter ofisidagi xodimlar umumiy oshxonada to‘planishadi va Killer Queen arkada strategiyasinii birgalikda o‘ynashadi.
Shuningdek, ofis binosining tomida sayr qilish imkoniyatii mavjud.
Adobe kompaniyasining San-Xose shahridagi bosh qarorgohi xodimlari bo‘sh vaqtlarida mashg‘ulotlar zaliga tashrif buyurishni yaxshi ko‘rishadi. Ular uchun ko‘plab dasturlar bor.
Ko‘proq jismoniy yuklanishni xohlaganlar vaqtini brusda o‘tkazishlari mumkin.