Google YouTube platformasini tozalash uchun 10 ming kishini yollaydi

Fan-texnika 09:24 / 06.12.2017 6400

Amerikaning Google kompaniyasi videohosting xizmatini ko‘rsatuvchi YouTube saytini zo‘ravonliklarni targ‘ib qiluvchi videokontent va izohlardan tozalash uchun 10 ming kishini yollashga qaror qildi.
 
Kompaniya o‘zining video platformasidagi "muammoli lavhalar"ni yo‘qotish bo‘yicha minglab kishilar xizmatidan foydalanmoqda. Bundan tashqari reklama berishda ham jiddiy cheklovlar joriy qilinadi va aqlli texnologiyalardan yanada samaraliroq foydalanishni joriy qiladi. 

2018 yilga kelib Google kompaniyasi "foydalanish qoidalarini buzadigan lavhalarga qarshi kurashuvchi" 10 ming ishchiga ega bo‘ladi, degan YouTube ijrochi direktori Susan Wojcicki. Biroq u ayni vaqtda necha kishi shu ish bilan shug‘ullanayotganiga oydinlik kiritmagan. 

"Ayrimlar bizning oshkoraligimizni noto‘g‘ri tushunib talqin qilmoqda. Shundan foydalangan holda ziyon yetkazishga urinmoqda", degan Wojcicki. Uning qo‘shimcha qilishicha, YouTube sayti jamoasi o‘tgan 6 oy mobaynida 2 mln.ga yaqin videoni zo‘ravonlik va ekstremistik mazmuni bo‘yicha ko‘rib chiqqan. 

"Biz, shuningdek? yangi izoh berish asboblarini ham ishga tushirgan va ba'zi hollarda to‘liq o‘chirish orqali izohlardagi agressiv fikrlarga ham e'tibor qaratmoqdamiz", - degan ijrochi direktor. 

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, kompaniya o‘z rejalarini amalga oshirishda faqat inson yordamidan foydalanish niyatida emas. Lavhalarni o‘rganuvchi algoritmlar ham iyun oyidan beri 150 mingdan ortiq videolavhani YouTube saytidan o‘chirib tashlagan. 

"Bunday natijaga erishish uchun 180 ming kishi 40 hafta mobaynida ishlashi talab etilar edi", - degan Wojcicki. 

Ko‘proq yangiliklar: