Amazon robotlar sabab 24 ming kishini ishsiz qoldiradi

Fan-texnika 14:19 / 06.12.2017 3849

Amazon'ning bozordagi raqiblarga nisbatan qat'iy pozitsiyasi hamda shtatdagi robotlar sonini inobatga olib, Quartz nashri kompaniya haqiqatda ko‘proq ish o‘rinlari yaratayaptimi yoki yo‘qligiga doir taqdqiqot o‘tkazdi. 

Savdodagi umumiy, shuningdek, Amazon'dagi ish o‘rinlari bo‘yicha ma'lumotlar tahlilidan quyidagi xulosalarga kelindi:

Agar hozirgi tendensiyalar yil oxiriga qadar davom etishini taxmin qilsak, Amazon bilan bir sohada ishlovchi korxonalarda (ya'ni Amazon bilan raqobatga kirishuvchi kompaniyalarda)gi xodimlar soni yiliga taxminan 1 foizga pasayadi. Bu 170 ming kishi degani.

Amazon shtatining kengayishi sohadagi boshqa kompaniyalardagi yo‘qotishlarni to‘ldiradigan darajada emas. Amazon xodimlari soni 2017 yilda taxminan 146 mingga, ya'ni 43 foizga oshadi (Whole Foods ishchilarini hisobga olmaganda). Hatto shunday agressiv o‘sishda ham savdo gigantining faoliyati natijasida ishsiz qolganlar soni baribir 24 ming nafarligicha qolmoqda. 

Amazon joriy yilda 55 ming robotni ishga oldi. To‘rtinchi chorakda ularning soni taxminan 20 mingtaga ko‘payadi, 2017 yilda - jami 75 ming robot. Shtat qisqarishi va robotlar o‘rtasidagi sababli bog‘lanishni isbotlashga hojat ham yo‘q, lekin fakt faktligicha qoladi - 24 ming kishi ishsiz qoladi, 75 ming robot ishga kirishadi. Bugunga kelib korporatsiyaning dunyo bo‘ylab barcha korxonalarida taxminan 100 ming robot faoliyat yuritadi. 

Amazon kompaniyasining shtati har yili 40 foizga o‘sadi. 2016 yil oxirida u AQShning eng yirik ish beruvchilari ro‘yxatida sakkizinchi o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda kompaniya sekin-astalik bilan, lekin to‘g‘ri yo‘ldan yuqorilab bormoqda. Ikkinchi shtab-kvartira yana 50 ming kishini ish bilan ta'minlaydi. 

Kompaniyaning o‘sishi va samaradorligi — uning aksiyalari narxi oshib borayotganining asosiy sababi. Amazon robototexnikaga sarmoyalarni ko‘paytirmoqda, Quartz prognozlariga ko‘ra, yil oxiriga borib mashinalar kompaniya shtatining 20 foizini tashkil qiladi. 

Milliy savdo federatsiyasi (NRF) prognozlariga muvofiq, 2017 yilda chakana savdodagi sotuvlar 4 foizga o‘sadi. Onlayn-shopping yanada tezroq - yiliga 10 foizga o‘sib bormoqda. Amazon'ning Amerikadagi biznesi bu o‘sishning 35 foizini tashkil qiladi. Wall Street tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, onlayn-sotuvlar o‘sishining 51 foizi Amazon zimmasiga to‘g‘ri keladi. Kompaniyaning o‘sib borayotgan robotlar armiyasi nafaqat qulay va foydali, balki yuqori darajada samarali hamdir, bu esa ularning ishchi o‘rinlardan odamlarni siqib chiqarishda davom etishidan dalolat beradi. 

McKinsey tahlilchilari tadqiqotiga muvofiq, 2030 yilga borib, avtomatlashtiruv butun dunyo bo‘ylab 400-800 million kishini ishdan mahrum qiladi. Aholi darhol qayta o‘qishiga to‘g‘ri keladi, lekin davlat tomonidan qo‘shimcha imtiyozlarsiz buning iloji yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: