Video: Lamborghini dunyodagi eng tez yo‘ltanlamasni namoyish qildi

Fan-texnika 10:30 / 05.12.2017 16088

Italiyaning Lamborghini kompaniyasi o‘zining Urus yo‘ltanlamasini rasman taqdim qildi. Taqdimot kompaniyaning Sant-Agata-Boloneze italyan shahridagi zavodida bo‘lib o‘tdi. Bu model kompaniya tarixidagi ikkinchi yo‘ltanlamasdir. Kompaniyaning ilk yo‘ltanlamasi LM002 1986 yildan 1992 yilgacha ishlab chiqarilgan. 

Lamborghini Urus 4 litrli, 650 ot kuchiga ega V8 dvigateli bilan jihozlangan. Mashinaning maksimal tezligi 305 km/soatni tashkil qiladi. U joyidan 100 km/soat tezlikka 3,6 soniyada erisha oladi. Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, Urus dunyodagi eng tezyurar yo‘ltanlamas hisoblanadi. Kompaniya vakillari avtomobilning sport xarakterida ekanligini ta'kidlab, uni yangi sinf – Super Sports Utility Vehicle’ga (SSUV, “supersport utilitar avtomobili”) kiritganlar.   

“Lamborghini Urus modeli yo‘ltanlamas xarakteriga ega eng omilkor avtomobilni yaratish g‘oyasining timsolidir. Urus yangi sifat standartlarini belgilaydi va ilk super-SUV (SSUV) hisoblanadi. Uning dizayni, dinamikasi, yurish ko‘rsatkichlarida Lamborghini superkarlariga xos sifatlar aks etgan”, deb izoh berdi Automobili Lamborghini bosh direktori Stefano Domenikali.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: