Emirates «gravitatsiyasi nolga teng» o‘rindiqlarni taqdim etmoqda

Fan-texnika 12:10 / 05.12.2017 6021

Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasi birinchi klassdagi yangi salonlarni taqdim etdi. Endi yo‘lovchilar yopiq «kapsula»larda parvoz qilishadi va «gravitatsiyasi nolga teng» o‘rindiqlarda yayrashadi hamda virtual illyuminatorlardan zavq olishadi, deb yozadi Fortune.

Emirates samolyotlarining yangi birinchi klassi sahni charm bilan qoplangan, karovatga aylanuvchi o‘rindiqlar o‘rnatiladi. Ular og‘irlik kuchi yo‘qolishi effektini yuzaga keltirib, yo‘lovchi tanasiga bosimni kamaytiradi va vaznsizlik tuyg‘usini yuzaga keltiradi. «Apartament»larning har biri salonning boshqa qismidan to‘liq to‘siladi va bo‘lmani mini-xonachaga aylantirib, ilgari faqat eng badavlat yo‘lovchilar uchun taqdim etilgan alohida dabdaba sifatida namoyon bo‘ladi.

Samolyotning yon tomonlarida joylashtirilgan o‘rindiqlar oddiy illyuminatorga ega bo‘ladi, biroq virtual derazachalar o‘rtada joylashgan yo‘lovchilarga ham taqdim etiladi. Ular samolyotning tashqi kameralariga ulangan bo‘lib, tasvir real vaqt rejimida virtual illyuminatorlarga uzatadi.

Bundan tashqari, birinchi klass apartamentlari mehmonxona nomerida mavjud barcha qulayliklarga ega bo‘lishadi, jumladan, mini-bar xizmati va 2500dan ziyod kanalni ko‘rsatuvchi 32 dyuymli monitordan foydalanishadi. Emirates allaqachon o‘zining Boeing 777 samolyotlarini yangi birinchi klass bilan jihozlagan, biroq uning narxlarini oshkor etmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: