Apple Irlandiyaga 13 mlrd yevrolik soliq qarzini to‘laydi

Iqtisodiyot 06:42 / 05.12.2017 5915

Irlandiya hukumati Apple kompaniyasi bilan 13 mlrd yevrolik to‘lanmagan soliqni to‘lashni tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvga keldi. Qarz 2018 yil mart oyi oxiridan depozit hisob raqamiga o‘tkazila boshlanadi.. Bu haqda Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxoga iqtibos keltirgan holda Irish Times nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Donoxo 4 dekabrda Bryusselda raqobat bo‘yicha yevrokomissar Margret Vestager bilan uchrashib, soliq qarzi o‘tkaziladigan depozit hisob raqamini qanday boshqarishni muhokama qilgan. Yanvar oxiriga qadar hisob raqami boshqaruvchisi va operatsiyalarni boshqarish bo‘yicha boshqaruvchilar guruhi tayinlanadi.

2016 yil avgustida Yevropa komissiyasi tergovlar natijalariga ko‘ra, Irlandiya Apple’ga asossiz soliq imtiyozlari taqdim qilgani va buning natijasida mamlakat 13 mlrd yevro qo‘shimcha soliq olmagani haqidagi xulosaga kelgan. Endi AQSh kompaniyasi 2003 yildan 2014 yilgacha davr uchun to‘lanmagan soliqlarni qaytarishi lozim.

Ko‘proq yangiliklar: