12 daqiqada to‘liq zaryad! Batareyalar olamida nima gap?

Fan-texnika 17:30 / 03.12.2017 24522

Samsung akkumulyator texnologiyalaridagi yangi yutuq haqida e'lon qildi: yangi ishlanma sig‘imni ikki karra  ko‘paytirib (o‘lchamlar o‘zgarishsiz qoladi), zaryadlash vaqtini besh barobarga qisqartiradi. Bir vaqtning o‘zida Tesla tomonidan Avstraliyada dunyodagi eng katta akkumulyator ishga tushirildi. "Meduza" batareyalar olamida nimalar ro‘y berayotgani, qanday yangiliklar kuzatilayotgani haqida so‘z yuritdi.

Yarim asrlik barqarorlik
XIX asr o‘rtasida ixtiro qilingan qo‘rg‘oshin-kislotali batareyalar eng mashhur batareyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga ularning juda oddiy va arzonligi sababdir - ularning ishlashi uchun ikki qo‘rg‘oshinli plastina va oltingugurt kislotasi kerak bo‘ladi. Hatto muqobil akkumulyatorlar paydo bo‘lganidan keyin ham, hamma yerda avtomobillar kapoti ostida va energiya saqlash tizimlarida - qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlar. Masalan, qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarning yarmini ishlab chiqaruvchi Xitoyda.

Qo‘rg‘oshinli akkumulyator telefonga sig‘maydi
Barcha portativ gadjyet va kompyuterlar kichik va yengil akkumulyatorlar yordamida ishga tushiriladi. Bular asosan 1990-yillarda paydo bo‘la boshlagan litiy-ion batareyalaridir. Qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlar yarim asrdan beri rivojlanib kelayotgan bo‘lishiga qaramay, litiy batareyalari xuddi shu sig‘imda besh karra kichik va to‘rt barobar yengil bo‘la oladi. Litiy-ion batareyalarining asosiy muammosi - ularning narxida, ular 3-5 barobar qimmat. Shunday bo‘lsa-da, Bloomberg tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, 2030 yilga borib, litiy akkumulyatorning kilovatt/soat narxi 100 dollardan pasayadi, bu esa deyarli qo‘rg‘oshinli batareya narxiga yaqin. 

Butun bir shaharlar akkumulyatorlar bilan jihozlanadi
30 noyabr kuni Tesla Avstraliyaning Jyeymstaunida o‘zining Powerpack majmuini ishga tushirdi. Bu 1,5 tonnali litiy akkumulyatorlar bo‘lgan 600 shkaf - dunyodagi eng katta batareyadir. Uning quvvati 1 soat davomida 30 ming uyni ta'minlashga yetadi. Biroq Powerpack'ning asosiy vazifasi bunda emas - u ortiqcha energiyani saqlab qolib, keyin  tirband yuklamarda yordam berishida. 

Baribir kutishga to‘g‘ri keladi
Har qanday akkumulyatorlarning asosiy muammolaridan biri - ularni uzoq vaqt zaryadlash zaruratida, ayniqsa to‘liq batareyaga ega bo‘lishni istaganimizda. Hatto Tesla'ning tezkor zaryad stansiyalari ham 1,5 soatdagina to‘liq zaryad bilan ta'minlaydi (yarim zaryad - 20 daqiqada).

Samsung bu muammoni hal qilishga va'da bermoqda, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, kompaniyada har qanday litiy batareyani atigi 12 daqiqada to‘liq zaryadlash usuli topilgan! Olimlar akkumulyatorlar elektrodlariga krafen pufakchalar kiritishni taklif qilishdi. Bunday usul tezkor zaryad bilan birga akkumulyator sig‘imini ikki barobarga oshirishi kerak. 

Hamma elektromobillarga qiziqib qolgan va bu zo‘r!
Elektromobillar bozori borgan sari tez rivojlanmoqda. Bu esa yangi akkumulyator texnologiyalari rivoji bilan endi faqat Samsung yoki Panasonic emas, balki an'anaviy avtoishlab chiqaruvchilar ham shug‘ullanishini bildiradi. Toyota o‘z ixtirosi haqida e'lon qildi - unga ko‘ra, 2020 yilga borib, litiy akkumulyatorlar to‘liq qattiq holatga keltirilishi kerak (hozir ularning ichida suyuq yoki gelli elektrolit). Nisbatan zich akkumulyatorlar, nazariyada, kichikroq va yengilroq, biroq shu bilan birga anchaga  chidamli bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: