Shveytsartsiyaning IWC Schaffhausen soatsozlik manufakturasi Jyenevada 2018 yil yanvarda o‘tadigan yuqori darajadagi soatsozlik san'ati xalqaro ko‘rgazmasida (SIHH) namoyish qilinadigan yangi soatlarni taqdim qildi.
Ko‘rgazma vaqtida Portugieser, Portofino, Pilot’s Watches va Da Vinci liniyalarining 27 ta yangi modelidan iborat kolleksiya taqdim qilinadi.
Ko‘rgazmada taqdim qilinadigan antiqa soatlardan biri IWC Tribute to Pallweber Edition “150 Years” bo‘lib, unda faqat soniyani ko‘rsatuvchi strelka mavjud hamda IWC 94200 mexanizmi bilan jihozlangan. Model 1884 yilda ishlab chiqarilgan cho‘ntak soatlaridan ilhomlanib yasalgan: uning siferblatidagi soat va daqiqalar kichik darchalarda paydo bo‘ladigan raqamlar yordamida tasvirlanadi. Bu raqamlar aylanuvchi disklarga tushirilgan.
Portugieser Constant-Force Tourbillon Edition “150 Years” modeli platinadan ishlangan korpusda, laklangan siferblatga ega bo‘lib, bir aylantirishi 96 soatga yetadigan murvat bilan jihozlangan. Mexanizmda ilk bor doimiy kuch turbiyoni (soat yurishidagi chetlanishni kompensatsiyalovchi qurilma) va 577,5 yilda bir kunga to‘g‘rilanishi kerak bo‘lgan Oy fazalari ko‘rsatgichi uyg‘unlashtirilgan.
Ayollar uchun mo‘ljallangan Da Vinci Automatic Moon Phase 36 Edition “150 Years” modeli 18-karatli pushti oltindan ishlangan korpusda bo‘lib, 12 raqamida Oy fazalari ko‘rsatgichi bilan jihozlangan. Soat korpusi va murvati 206 ta brilliant bilan qoplangan. Model cheklangan miqdorda – 50 dona qilib ishlab chiqarilgan. Da Vinci seriyasining yana bir yangi soati – Da Vinci Automatic Edition “150 Years” moviy rangdagi laklangan siferblat bilan jihozlangan. Soat 60 soat yurishga yetuvchi Pellaton avtomatik murvati bilan jihozlangan va zanglamaydigan po‘latdan ishlangan korpus ichiga o‘rnatilgan.
Van Cleef & Arpels zargarlik-soatsozlik uyi Jyenevadagi ko‘rgazmada Lady Arpels Planétarium modelini taqdim qiladi. Bu Midnight Planétarium soatining ayollar uchun mo‘ljallangan versiyasi bo‘lib, uning siferblatida Quyosh tizimidagi sayyoralar yurishi akslanadi.