iPhone X’dan ham qimmat: Samsung yangi telefonni taqdim etdi

Fan-texnika 18:16 / 02.12.2017 35423

Samsung W2018 buklama telefonni taqdim etdi, u savdolarga IPhone X’dan ham qimmatroq narxda chiqariladi. Bu haqda Phandroid xabar bermoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, "buklamalar" deyarli tarixga aylandi, biroq kompaniya bunga qo‘shilishni istamayapti hamda eskirgan shaklni zamonaviy xususiyatlar bilan to‘ldirish harakatida.

Foto: Samsung

Xususan, ishlab chiqaruvchilar gadjyetni Full HD kenglikka ega ikkita displey bilan jihozlashdi. Shu bilan birga, asosiy kamera 12 megapikselga ega, frontal esa – besh megapiksel. Biroq, maqola muallifining ta'kidlashicha, smartfonning eng kuchsiz tomoniga dasturiy ta'minot bilan bog‘liq muammolar aylanishi mumkin.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, W2018 avvaliga Xitoyda “hayratlanarli” narxda sotiladi – 2400 dollar. Bu IPhone’ning eng qimmat modelidan ham taxminan bir yarim barobarga ko‘proq. 

Ko‘proq yangiliklar: