Xitoyning Guandun provinsiyasi Shenjen shahri ko‘chalarida haydovchisiz o‘ziyurar yo‘nalishli avtobuslar harakatlana boshladi. Ular shu yerda sinovdan o‘tkazilmoqda, deb xabar qiladi Sinxua agentligi.
Muqobil avtobuslar o‘lchami bo‘yicha oddiy avtobuslardan kichik bo‘lib, 1,2 km.lik belgilangan yo‘nalish bo‘ylab soatiga 10-30 km tezlikda harakatlana boshlaydi.
Avtobuslar lazerli sensonlar, kameralar va GPS antennalar bilan jihozlangan. Ular piyodalar, boshqa avtomobillar, to‘siqlar bilan to‘qnashmaslik uchun dasturlashtirilgan. Xavfsiz tartibda harakatlanish yo‘lagini almashtira oladi va ma'lum bir joyda to‘xtaydi.
Avtobuslar muqobilbo‘lishiga qaramay, hozircha unda haydovchi bor. U kutilmagan holatda avtobusni qo‘lda boshqarish tartibiga o‘tkazadi yoki zarur bo‘lib qolganda mashinani to‘xtatadi.