Kutilgan smartfon taqdimoti Syamin (Xitoy)dagi noan'anaviy form-faktorda bo‘lib o‘tdi. Unda smartfonning bundan avval ma'lum qilingan xususiyatlari o‘z tasdig‘ini topdi. Smartfon qurilmalarning yangi W-liniyasini ochadi.
Samsung W2018 ikki displey bilan taqdim etiladi, ularning biridan hatto yopilgan holatida ham foydalanish mumkin. Yangi qurilma korpusi metalldan ishlangan, barmoq izlari skaneri orqa tomonda, asosiy kameraning yonida joylashgan.
Quvvatlanish/bloklash va ovozni boshqarish tugmalari - smartfonning o‘ng tomonida joylashgan bo‘lsa, Bixby tugmasi va SIM-karta o‘ymasi - chap tomonda. Boshqaruv uchun D-pad sensor g‘ildiragi qo‘llaniladi.
Xususiyatlari:
- Ekran: ikki 4,2 dyuymli AMOLED-displey, fullHD (1920 x 1080) + Gorilla Glass 5;
- Protsessor: Snapdragon 835, yadro, 64-bit, 2.35 Ggts;
- Xotira: 6 Gb operativ va 64 Gb/256 Gb ichki;
- Kamera: 12 Mp'li asosiy, f/1.5, 5 Mp selfi uchun;
- Operatsion tizim: Android 7.1.1 Nougat;
- O‘lchamlari: 132,2x63,2x15,95 mm, og‘irligi - 247 g.
Samsung W2018 kumush va tilla ranglarda sotuvga chiqadi. Xitoy uni xarid qilish mumkin bo‘lgan birinchi mamlakat bo‘ladi. Smartfon narxi haqida taqdimotda ma'lumot berilmadi, shunday bo‘lsa-da, uning premium-toifaga tegishli ekani aniq.