G7 RFning yadroviy ritorikasini qoralab chiqdi

Jahon 08:31 1327

G7 «Rossiyaning mas’uliyatsiz va tahdidli yadroviy ritorikasini, shuningdek, strategik qo‘rqitish pozitsiyasini keskin qoralaydi». Bu haqda G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining 26 noyabr, seshanba kuni Italiyaning Fyuji shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bayonotida aytildi.

«Biz hech qachon yadro qurolidan foydalanish tahdidlariga, Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi kontekstida yadro qurolidan foydalanishiga hech qachon toqat qilmaymiz», — deyiladi hujjatda.

G7 RF kimyoviy qurol ishlatgani haqidagi xabardan xavotirda

Mamlakatlar, shuningdek, «Rossiyaning kimyoviy qurol qo‘llagani» va Ukrainadagi frontda «tartibsizliklarni nazorat qilish vositalari»dan chuqur tashvish bildirdi. «Urush usuli sifatida bunday qurollardan foydalanish Kimyoviy qurollar bo‘yicha konvensiyani qo‘pol ravishda buzishdir», deya ma’lum qildi G7 va KQTTni voqealarni tergov qilishga chaqirdi.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) avvalroq Dnipropetrovsk oblastidan olingan namunalarda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz izlarini topgan edi.

Ukraina xandaqlarida taqiqlangan CS gazi izlari topildi

KQTT ekspertlari Dnipropetrovsk oblastida jangovar zonadagi xandaqlardan olingan namunalarda ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz izlarini aniqladi. Bu haqda 18 noyabr kuni xalqaro tashkilot ma’lum qildi.

KQTT hisobotida aytilishicha, CS (xlorobenzalmalondinitril yoki "Nastarin" gazi) deb nomlanuvchi va urushda foydalanish taqiqlangan gaz izlari Ilinka qishlog‘i yaqinida topilgan va Ukraina tomonidan taqdim etilgan barcha uchta namunada topilgan. Ikki mustaqil laboratoriya tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, uning izlari xandaqdan topilgan granatada ham, tuproqda ham bo‘lgan.

Ukraina Rossiya qo‘shinlarining ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llashi bilan bog‘liq voqea 2024 yil 20 sentabrda sodir bo‘lganini iddao qilib, KQTTdan yordam so‘radi. Tashkilot bayonotida ta’kidlanishicha, voqea joyiga yuborilgan ekspertlar guruhining vazifasi «zaharli kimyoviy moddaning manbasini yoki kelib chiqishini aniqlash» bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: