Xitoyning neftegaz sohasidagi PetroChina kompaniyasi mamlakat shimoli-sharqida yirik neft zaxiralarini aniqladi. Bu haqda «Sinxua» xabar tarqatmoqda.
Kompaniyaning Shinjon-Uyg‘ur muxtor hududidagi filiali ma'lumotiga ko‘ra, zaxiralar miqdori 1,24 mlrd tonnaga teng.
PetroChina geologi Tan Yunning ma'lum qilishicha, bu hududda yana 1 mlrd tonnaga yaqin neft zaxiralari bo‘lishi mumkin.
Bundan avvalroq Andijon viloyati Buloqboshi tumani hududida tabiiy gaz zaxiralari topilgani haqida xabar berilgandi.