«Gazprom» O‘zbekiston va Qozog‘istondan 20 milliard kub metr gaz sotib oladi

Iqtisodiyot 15:23 / 01.12.2017 9854

Rossiyaning «Gazprom» energetik korporatsiyasi 2017 yilda O‘rta Osiyo gazini xarid qilish hajmini 20 milliard kub metrga qadar oshirdi va bu miqdorni keyingi yilda ham saqlab qolish niyatida, deya xabar berdi «Gazprom eksport» vakili Andrey Zotov telefon orqali konferensiya davomida. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari uchrashuvlari yakunlari bo‘yicha yetkazib berish hajmini oshirish haqida kelishuvga erishildi, 2017 yil bo‘yicha taxminan 20 milliard kub metr rejalashtirilgandi, 2018 yilga ham xuddi shuncha hajm», - deya aytib o‘tdi u.

«Gazprom eksport» «Turkmangaz»ni 2016 yilning 1 yanvaridan Turkmaniston tabiiy gazini xarid qilishni to‘xtatishi haqida xabar qilgandi. Shu bilan birga, «Gazprom» 2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistondan tabiiy gaz sotib olish hajmini oshirdi. O‘zbekiston gazining hajmini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga 2015 yilning dekabr oyi oxirida erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: