Apple kompaniyasi 2018 yilda 9,7 dyuymli displeyga ega, uncha qimmat bo‘lmagan iPad'ni ishlab chiqaradi. DigiTimes shu haqida xabar berdi.
Insayderlarning ma'lum qilishicha, kompaniya planshetlar sotuv sur'atini qo‘llab turishni rejalashtirmoqda. Hozirga kelib, kupertinoliklar bir chorakda 10 million planshet sotishmoqda. Biroq planshetlar bozori shunday qurilganki, iste'molchilar ularni smartfonlardan kamroq o‘zgartirishadi. Shu bilan birga, Apple kompaniyasi Samsung, Amazon, Huawei va Lenovo tomonidan jiddiy raqobatni his qilmoqda.
Hamyonbop iPad'ni ishlab chiqarish rivojlanayotgan bozorlarda muvaffaqiyat keltirishi mumkin - masalan, Hindiston yo Xitoyda. Shuningdek, amerikaliklar o‘z devayslarini korporativ sektor bo‘yicha taklif qilishmoqchi.
Qurilma taqdimoti kelgusi yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Taqdimotning WWDC-2018 ishlab chiqaruvchilarining iyun oyidagi konferensiyasida ro‘y berishi ehtimoldan xoli emas.