AQShning Respublikachilar partiyasi o‘zlarining soliq islohotlari rejasi iqtisodiy o‘sishni ta'minlovchi vosita sifatida yirik kelishuvga erishdi. Biroq Senat soliq qonunining yangi noan'anaviy tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, u qo‘shimcha iqtisodiy o‘sishga asos bo‘ladi. Bu o‘sish biznes va jismoniy shaxslar uchun soliq imtiyozlarini qoplash imkonini bermaydi.
Kongressning soliq bo‘yicha qo‘shma komissiyasiga ko‘ra, Senatning soliq qonuni kelasi 10 yilda 408 mlrd dollarlik o‘sishni ta'minlashga turtki bo‘ladi, biroq qonun byudjyet tanqisligining 1 trln dollarga oshishiga sabab bo‘ladi.
Shu bilan JCT makroiqtisodiy tahlili G‘aznachilik kotibi Stiven Mnuchinning soliqlarni qisqartirish o‘z o‘rnini qoplaydi, degan so‘zlarini inkor etadi.
Noan'anaviy tahlilda iqtisodiyot, xususan, qonunning past soliq ko‘rsatkichlari, ish kuchining ishtiroki, ishsizlik darajasi va iste'molga bog‘liq jihatlari e'tiborga olingan.