Reuters: Tesla mashinalarining 90 foizi konveyerdan chiqishi bilan ta'mirni talab qiladi

Fan-texnika 21:40 / 30.11.2017 5725

“Tesla” kompaniyasining Model S va Model X avtomobillarining 90 foizdan ko‘prog‘i ishlab chiqarish nuqsonlariga ega, deb yozmoqda kompaniyaning sobiq va amaldagi 9 xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. Ularning aytishicha, bu muammolar xaridorlarga yetkazib berishdan avval to‘g‘rilanadi va bunga kompaniyaning katta mablag‘lari sarflanadi.

Manbalarning ma'lum qilishicha, bunday muammolarga tashqi panellardagi tirnalish va pachoqlar ko‘rinishidagi kichik tashqi nuqsonlar bilan bir qatorda murakkabroqlari, misol uchun, nosoz o‘rindiqlar va eshiklar, salon va kuzov tirqishlari germetikligi buzilishi kabilar kiradi. Kompaniya muammolar paydo bo‘lganda konveyerni to‘xtatmay, ularni yig‘ib bo‘lingan mashinada to‘g‘rilashni afzal ko‘radi.   

Kompaniya xodimlarining aytishicha, yengil muammolar ko‘p vaqt olmaydi. Mashinalar murakkabroqlar muammoni hal etish uchun zavod hududidagi maxsus maydonga yuboriladi. Ayni vaqtda bu maydonda ta'mirlanishi kerak bo‘lgan 2 mingdan ko‘proq mashina yig‘ilib qolgan.

Axborot agentligi tomondan so‘ralgan mutaxassislarning ta'kidlashicha, Toyota  kabi yirik kompaniyalarda ishlab chiqarish nuqsoni ulushi 10 foiz atrofida bo‘lishi kerak. Tesla’ning juda ko‘p nosozliklari kompaniya tayanch ishlab chiqarishni hali yo‘lga qo‘ymaganidan darak beradi.

Tesla vakillari axborot agentligi manbalari so‘zlarini tasdiqlashmagan va ishlab chiqarish nuqsoni bo‘yicha ma'lumotlarni oshkor qilishmagan. Ularning aytishicha, zavodda ishlab chiqarish ortidan qat'iy nazorat o‘rnatilgan. 2017 yil oktabrda kompaniya rahbari Ilon Mask Model 3’ni ishlab chiqarishdagi muammolarni to‘g‘rilash uchun vaqt kerakligini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: