Eng g‘aroyib va ajoyib avtomobillar 10 taligi

Fan-texnika 10:51 / 30.11.2017 30709

Zamonaviy avtomobil bozoridagi vaziyat bir qarashda turg‘unlik davrini yodga soladi. Turli konsernlarning dizaynerlar vaqti-vaqti bilan xaridorlarni jalb etish uchun sinovdan o‘tgan usullardan foydalanishadi. Konstruktorlar esa, o‘sha mashinalarning texnik xususiyatlarini kuchaytirishadi. Yaqin o‘tmishda konstruktorlar tajribalardan umuman qo‘rqishmaganini quyidagi 10 ta mashina misolida ham ko‘rish mumkin. Ular bir qarashda g‘aroyib ko‘rinsa-da, har qanday avtoishqibozni o‘ziga jalb eta oladi.

Foto: Trendymen

Messerschmitt KR175

Kuzov tomini bir ko‘tarib mashina o‘rindig‘iga o‘tirish mumkin bo‘lganida eshikka na hojat. Messerschmitt konstruktorlari Ikkinchi jahon urushidan keyin samolyotlar ishlab chiqarish huquqidan mahrum etilgan edi. Ammo qiruvchi samolyot qiyofasi ularning qalbidan joy olganini ishlab chiqqan mashinalaridan ham bilsa bo‘ladi. KR175 modeliga urushdan keyingi Germaniyada yaxshigina talab bor edi. 

Foto: Trendymen

BMW Isetta 300

Kishini lol qoldiruvchi jihati shundaki, aynan ushbu mashina bir vaqtlar BMW konsernini kasodga uchrashdan asrab qolgan. Ayyor muhandislar ancha arzon bo‘lgan Isetta avtomobilini katta miqdorda sotishning va shu bilan Ikkinchi jahon urushidan keyingi bozor sharoitida ishlab chiqarishni saqlab qolishning uddasidan chiqishgan. 

Foto: Trendymen

Mohs Ostentatienne Opera Sedan

Bugungi kunda hech kim qachonlardir Amerikaning Mohs avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi bo‘lganini bilmasa ham kerak. Uning asoschisi Bryus Mohs o‘sha vaqtda dunyoning «eng lyuks» sedanini ishlab chiqqan edi. Mashina shunchalik ham nafis ishlangan ediki, eshigi yo‘q edi. Buning o‘rniga yukxona eshigiga maxsus zinapoya o‘rnatilgan va qizil yo‘lakcha bilan qoplangan edi. 

Foto: Trendymen

Axiam-Mega MultiTruck
 
Yengil Axiam-Mega kvazi yuk mashinasi Fransiya ko‘chalarida 2010 yili paydo bo‘ldi. U bugungi kunda ham ishlab chiqariladi. Aytishlaricha, mashinaga kommunal xizmatlardan ko‘p talab bor. Tashqi ko‘rinishi borasida aytish mumkinki, albatta, uni Frankfurt avtosaloni uchun ishlab chiqishmagani aniq. 

Foto: Trendymen

Mazda R360

Yaponiyaning zamonaviy avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri ushbu model bilan o‘z taraqqiyot yo‘lini boshladi. R360 Mazda kompaniyasining birinchi seriyali modeli bo‘ldi. Ixcham, yengil mashina shunchalik ommalashdiki, Yaponiya kompaniyasidan eksport uchun texnika ishlab chiqarish borasidagi taqiqni olib tashlashdi.

Foto: Trendymen

Russo-Baltique Impression

Chiroyli, shunday emasmi? Albatta, betmobilga ham o‘xshab ketadi, ammo hechqisi yo‘q. Bu — Rossiyaning unchalik mashhur bo‘lmagan «Russo-Balt» avtomobilsozlik brendini xorijiy mutaxassislar ishtirokida qayta tiklashga bo‘lgan so‘nggi urinishlardan biri. 2006 yili ishlab chiqilgan prototip ommaviy ishlab chiqarilmadi. 

Foto: Trendymen

Daihatsu Midget II

Ushbu mittivoyni ilk bor 1993 yili Tokio avtosalonida namoyish qilishdi. Daihatsu Midget II saloni faqat bir kishiga mo‘ljallangan. Umuman, model kimlar uchun ishlab chiqilgani ham noma'lum.

Foto: Trendymen

Peel P50

Bunday mashinani baquvvatroq erkak bemalol ko‘tara oladi. Konstruktorlar mashinaning orqa tomonidan uni garajga kiritish uchun maxsus tortgichni ham yoddan chiqarishmagan. Axir Peel P50 bor-yo‘g‘i 59 kg tosh bosadi! Avtomobil 100 km.ga 2,8 litr yoqilg‘i sarflaydi. Biroq haydovchining xavfsizligi haqida so‘z yuritmagan ma'qul. 

Foto: Trendymen

Renault Twizy

Ha bu o‘sha Renault Twizy. U 75 km/s tezlikda harakatlana oladi. Saloniga atigi ikki kishi sig‘adi. Ammo ko‘rinishi juda yoqimtoy, shundaymi? Elektromotor 3-4 soatda quvvatlanadi, bu esa, 100 km.ga yetadi. Shahar uchun keragidan ortiqcha!

Foto: Trendymen

Bong Bug 700E

Bu qush shaklidami, yoki samolyot? Balki charchagan dizaynerning chizgisi asosida ishlab chiqilgandir? Yo‘q unday emas. Bu 29 ot kuchiga ega va 24 soniyada 100 km/s tezlikka erishadigan Bong Bug 700E mashinasidir. 3 g‘ildirakli ikki o‘rinli avtomobil atigi bitta eshikka ega. U ham bo‘lsa mashina tomida. Aytish mumkinki, salkam kabriolet. 

Ko‘proq yangiliklar: