6 yildan so‘ng 5G’dan qancha odam foydalanishi aytildi

Fan-texnika 17:39 / 30.11.2017 6643

Ericsson Mobility Report hisobotiga ko‘ra, olti yildan so‘ng 5G protokolidan 1 milliard inson foydalanadi, ya'ni butun jahondagi aholining taxminan 20 foizi, LTE qamrovi esa 85 foizga yetadi.

2023 yilning oxiriga kelib, avvaliga aholi zich bo‘lgan shaharlar va tumanlarda paydo bo‘ladigan 5G, aholining 20 foizini qamrab oladi. 5G New Radio (NR) asosidagi birinchi tijoriy tarmoqlarni 2019 yilda kutish mumkin, keng ko‘lamli tarqalish esa 2020 yildan boshlanadi. Bu protokolning ustunliklaridan birinchi bo‘lib AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy fuqarolari foydalanishi mumkin.

Ko‘rsatilgan davrda mobil ma'lumotlar trafigi, taxminlarga ko‘ra, 8 barobarga ko‘payadi va 2023 yilga kelib oyiga 110 Ebaytni tashkil etadi. Bu HD shaklida 5,5 million yil davomidagi videotranslyatsiyani anglatadi. O‘sish barcha mintaqalarda kuzatiladi, biroq ayniqsa – Shimoliy Amerikada yuz beradi, bu yerda smartfonga o‘rtacha ko‘rsatkich 2017 yilning oxirida oyiga 7 GB.dan oshib ketadi.

Mobil trafigining o‘sishi videoni rag‘batlantirishda davom etmoqda, uning asosiy iste'molchilari esa 15-24 yoshlar oralig‘idagi milleniallar bo‘lib, ular 45 yoshdagilarga qaraganda strimlarni 2,5 martaga ko‘proq tomosha qiladi. Bu shakl yangi texnologiyalar, masalan, 360 burchakli ko‘rish bilan uyg‘unlashsa, iste'mol qilinayotgan ma'lumot hajmini bir necha martaga oshiradi.

Yil oxiriga kelib LTE eng yetakchi texnologiyaga aylanadi, deyiladi hisobotda. 2023 yilda esa uning qamrovi 5,5 milliard foydalanuvchini, yoki Yer aholisining 85 foizini tashkil etadi. Voice over LTE (VoLTE) texnologiyasi jahonning 60 dan ortiq davlatlaridagi 125 dan ko‘proq tarmoqlarda ishga tushirilgan.

Shuningdek, Ericsson tahlilchilari tarmoqlar imkoniyatidan foydalanishning yangi uslublari paydo bo‘lishini ko‘rsatishmoqda – aqlli soatlar, buyumlar interneti tuzilishi va qo‘shimcha reallik. Bu innovatsiyalar soha rivojlanishiga qarab o‘z so‘zini aytib boradi, deya hisobot muallifi Niklas Hyuveldopning so‘zlarini keltiradi Information Age.

Ericsson kompaniyasi prezidentining fikriga ko‘ra, 5G yangi aloqa standarti 2026 yilga kelib 1,2 trillion dollar keltiradi, hamda bu birinchi navbatda – energetik sektor va qayta ishlovchi sanoat, shuningdek kommunal xizmatlar hisobidan yuz beradi.

Ko‘proq yangiliklar: