Uber taksi onlayn-servisida AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sodiq xodimlari xizmatlaridan foydalanishgan, bu raqobatchilarni kuzatib borish maqsadida qilingan.
Bu haqda NBC kompaniyaning sobiq yuqori lavozimli xodimi Richard Jyeykobsning sudda bergan bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, u texnologiyalarni o‘g‘irlash bo‘yicha ish yuzasidan o‘tkazilayotgan jarayonda chiqish qilib buni tan olgan. Eslatib o‘tamiz, haydovchisiz avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya Waymo Uber’ni texnologiyalarni o‘marishda ayblamoqda.
Jyeykobsning so‘zlariga ko‘ra, sobiq agentlar raqobatchilarning kompyuter tarmoqlariga kirgan. Shu bilan birga, tegishli amaliyotlar xorijda ham amalga oshirilgan.
Avvalroq hakerlar Uber taksi buyurtma qilish onlayn-servisining 57 mln foydalanuvchisi ma'lumotlarini o‘g‘irlagani ma'lum bo‘lgandi.