Tojikistonda jamoat transportida to‘lovning yangi tizimi joriy etilmoqda

Fan-texnika 18:48 / 29.11.2017 6841

Tojikiston jamoat transportida, jumladan trolleybus va avtobuslarda, 2017 yilning oxiriga qadar yo‘l haqi uchun to‘lovning yangi tizimi joriy etiladi – plastik kartalar orqali.

Tajikistantimes bergan ma'lumotga ko‘ra, yangi tizim plastik karta xarid qilishni nazarda tutadi, unga yo‘lovchi ma'lum bir summani kiritishi kerak. Kartaning o‘zini haydovchidan yoki Dushanbe shahrining yangi bekatlarida o‘rnatilgan terminallardan sotib olish mumkin.

Avtobus yoki trolleybusga har bir kirish validator bilan jihozlangan, u kartani o‘qiydi hamda undan yo‘l haqi uchun to‘lovni yechib oladi. Shu bilan birga, kartada yetarli mablag‘ bo‘lsa, kerakli summa yechib olinganidan so‘ng tabloda «Rahmat» so‘zi, agarda kerakli summa bo‘lmasa, tabloda «Qobul noshud» («To‘lov qilinmadi») degan so‘zlar paydo bo‘ladi. Oxirgi variantda konduktorga naqd pul to‘lash yoki transport vositasi salonini tark etish kerak.

Dushanbe hokimiyatidan ma'lum qilishlaricha, kartalar uch turda tayyorlanadi: imtiyozli (pensionerlar, nogironlar), xizmat va oddiy.

Shahar ma'muriyati to‘lovning yangi tizimi joriy etilishi bilan yo‘l haqi oshishi haqida hech narsa ma'lum qilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: