Rossiyada 2018 yilning 1 yanvaridan mobil messenjerlardan anonim tarzda foydalanishga taqiq kiritiladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Yuriy Chayka ma'lum qildi.
"Zumda boradigan xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlar faqat abonent raqami hamda tegishli shartnoma asosida identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga taqdim etiladi", - deya aniqlik kiritdi Chayka.
Uning ta'kidlashicha, Rossiyada yangi yildan boshlab atom va kimyo sanoati, energetika, mudofaa-sanoat kompleksi hamda boshqa strategik muhim sohalar boshqaruv tizimlariga noqonuniy kirish uchun jinoiy jazo qo‘llaniladi.
Mahkama rahbarining shuningdek qayd etishicha, joriy yilning 1 noyabridan boshlab shunday qonun amal qilmoqdaki, unga ko‘ra internet-servislar egalariga bloklangan axborot resurslariga kirish uchun ularning imkoniyatidan foydalanish taqiqlangan.
"Tezda boradigan xabarlarni jo‘natish bo‘yicha xizmatlar faqat abonent raqami hamda tegishli shartnoma asosida identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarga beriladi", - degan Chayka.