Moskva va Peterburgda eng ko‘p o‘g‘irlanuvchi mashinalar ma'lum bo‘ldi

Fan-texnika 15:47 / 29.11.2017 15307

Sug‘urta sohasi mutaxassislari tomonidan Moskva va Sankt-Peterburgda eng ko‘p o‘g‘irlanuvchi avtomobillar ro‘yxati tuzildi, deb xabar bermoqda «360» telekanali.

Land Rover Discovery
Foto: Autocar

Moskvada beshta avtomobildan iborat reytingda Land Rover Discovery yetakchilik qilmoqda. Peterburgda esa, «Poleznyye svyazi» kommunikatsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Mercedes S-Class’ni eng ko‘p olib qochishadi.

Honda PILOT
Foto: Behance

Ekspertlarning «Renessans Straxovaniye» guruhi avtotransport vositalarini sug‘urta qilish departamenti tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosidagi xulosasiga ko‘ra, ikki shaharda top-5ning ikkinchi pog‘onasidan Honda PILOT (Moskva) va LADA Granta (Peterburg) o‘rin olgan.

Toyota Camry
Foto: Carvariety

«Kuchli uchlikka» esa Toyota Camry hamda Jeep Grand Cherokee yakun yasab berdi. Ularni moskvalik va sankt-peterburglik avtomobil o‘g‘rilari nisbatan kamroq olib qochadi.

Shuningdek, eng ko‘p olib qochiladigan mashinalar orasida Toyota Highlander, UAZ «Patriot» va Nissan Almera bor.

Ko‘proq yangiliklar: