"Kasperskiy laboratoriyasi" Google Play ilovalar do‘konida 85 ta zararli ilovani aniqladi. Ular foydalanuvchilarning "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘iga kirish uchun foydalangan ma'lumotlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda viruslarga qarshi dasturiy ta'minotlar ishlab chiqaruvchisining xabarida so‘z yuritilgan.
Kompaniya "VKontakte" va Google ma'muriyatlarini tahdiddan ogohlantirgan. "Ayni vaqtda barcha zararli kodga ega bo‘lgan ilovalar Google Play do‘konidan o‘chirilgan", - deyiladi xabarda.
Ilovalarning aksariyati ijtimoiy tarmoq uchun turli xil to‘ldirishlar, masalan musiqani yuklab olish yoki sahifani ko‘rganlarni qayd etish ilovalar nomi ostida niqoblangan.
Xavfli ilovalarning eng keng tarqalgani mobil o‘yin sifatida yashiringan bo‘lib, bir million martadan ortiq yuklab olingan. "E'tiborli jihati dastavval u zararli kodga ega bo‘lmagan, balki 2017 yil oktabridagi yangilanish vaqtida qo‘shilgan", - deyiladi "Kasperksiy laboratoriyasi" ma'lumotida.
Yana 7 ta zararli ilova 10 ming martadan 100 ming martagacha yuklab olingan.
Tahlilchilar ma'lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar o‘g‘irlangan ma'lumotlardan "VKontakte"dagi guruhlarni targ‘ibot va tashviqot qilishda foydalanishgan. Ayrim foydalanuvchilar, o‘zlari bilmagan holda ayrim sahifalarga yozilib qolishganidan nolishgan.