Instagram kelgusida: Qanday yangi funksiyalar paydo bo‘ladi?

Fan-texnika 20:21 / 29.11.2017 5285

Ularning ba'zilari ishga tushirilmoqda, bir qismi sinov jarayonida, boshqalarini esa joriy qilish rejalashtirilmoqda. Hi-Tech bugungi yangilanishlarda paydo bo‘layotgan va tez orada joriy qilinishi kutilayotgan yangiliklar ro‘yxati bilan tanishtirdi:

  • Remix funksiyasi — ilovaning yangi versiyasida tanishlarning suratlarini ko‘rishda foydalanuvchilar taqriz funksiyalariga kirish uchun chap tomondagi kamera belgisidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. U yerdan nakleykalar, matnlar va suratga bevosita bog‘liq rasmlar qo‘shib, uni qayta yo‘llashlari mumkin bo‘ladi. Bunday funksiya Snapchat'da allaqachon ishga tushirilgan.
  • To‘xtovsiz takror — endi kontentni yo‘llash oldidan unga "to‘xtovsiz takror"ga ruxsat berish mumkin. Bunday holatlarda suratlar va videoroliklar to‘xtovsiz aylanadi, lekin ularda pauzani bosish mumkin.
  • Regram tugmasi — nihoyat, Instagram shaxsiy Regram tugmasi ustida ishlamoqda, u kontentni "resher" qilish imkonini beradi. Hozir buning uchun yo surat va videoni qurilmaga saqlash hamda u bilan shaxsiy akkauntida takroriy bo‘lishish, yoki  Regram kabi qator ilovalarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
  • GIF izlash — aftidan, Instagram, nihoyat, foydalanuvchilarga o‘z Tarixlari yoki oddiy xabarlariga GIF izlash va qo‘shish imkonini beradi. Servis "giflar"ni joylash uchun Giphy'dan foydalanadi.
  • iOS uchun Instagram Beta — Instagram'ning Android uchun beta-ilovasi allaqachondan beri mavjud, ammo iOS'da u birinchi marta paydo bo‘ladi. Unda servsisning yangi, yopiq beta-servisi sinovida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
  • Tarix arxivi — hikoyalarni shaxsiy arxivda saqlash imkonini beruvchi yana bir yangi funksiya. Funktsiya ancha trivialdek tuyulishi mumkin, u bir necha oy va hatto yilga moziyga qaytish imkonini beradi. Umuman olganda, test versiyada gap hozircha faqat kunlar haqida bormoqda.
  • Eng yaqin do‘stlar ro‘yxati — eng yaqin do‘stlaringizni saralangan guruhga qo‘shing va siz kontentni aynan ular bilan bo‘lishishga muvaffaq bo‘lasiz. Ta'kidlash joizki, do‘stlaringiz siz ularni eng yaqinlar guruhiga qo‘shganingiz haqida xabardor qilinmaydi. Biroq ular ro‘yxatdagilar yangi post qilsa, bundan xabar topishadi.
  • WhatsApp'da bo‘lishish — Instagram avvalgidek Facebook'ga qarashli boshqa ijtimoiy tarmoqlar, xususan WhatsApp'dagi do‘stlaringiz bilan xabarlar yoki profillar almashish mumkin bo‘ladigan  funksionalni sinovdan o‘tkazmoqda. iOS foydalanuvchilari tez orada bunday imkoniyatni qo‘lga kiritishadi. «Share to Facebook» Android uchun ishga tushib ulgurgan.
Ko‘proq yangiliklar: