Huawei kompaniyasi Apple’ning yuzni tanish tizimidan 10 chandon aniqroq tizim yaratdi

Fan-texnika 22:24 / 29.11.2017 9992

Huawei kompaniyasi Apple’ning yuzni tanish funksiyasi FaceID’dan 10 chandon aniqroq ishlovchi tizimni yaratdi. Tizim yuzning 3 o‘lchovli modelini shakllantirish uchun 300 mingta nuqtani “ushlab oladi”. Biroq bu tizim kompaniyaning aynan qaysi smartfonida paydo bo‘lishi hozircha noma'lum. 

Huawei anchadan beri Apple bilan bellashib keladi va hozirda buni yangi darajaga olib chiqmoqchi. Kompaniya Honor V10 smartfoni taqdimotida yuzning strukturaviy xaritasini yaratishning yangi tizimi Apple’ning yuzlarni tanish texnologiyasi TrueDepth’ni eslatib yuborishini aytgan. Bu tizim ham yuzning 3D-modelini shakllantirish uchun infraqizil nurlanish va proyektor kombinatsiyasini qo‘llaydi, biroq iPhone X’dan ko‘ra 10 barobar ko‘proq, ya'ni 300 ming nuqtani “ushlab oladi”. Shu bilan birga Huawei tizimiga murakkabroq modelni yaratish uchun bor-yo‘g‘i 10 soniya kifoya qiladi.

Tizim u yordamida to‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarlicha xavfsiz. Huawei animodji kabi mayda unsurlar bo‘yicha Apple’ga “yetib olib, undan o‘zib ketishga” qaror qilgan. Huawei’ning animatsiyalashgan smayliklari iPhone’dan to‘liq ko‘chirib olingan bo‘lsa-da, biroq his-tuyg‘ularni aniqroq ifoda etadi. Misol uchun, siz tilingizni chiqarsangiz, ular ham shunday qiladi.

Huawei eslatib o‘tmagan yagona narsa tizimning qachon bozorga chiqishi bo‘ldi. Jamoa tizimning o‘zini ko‘rsatgan, biroq u aynan qaysi smartfonda paydo bo‘lishi hozircha noma'lum.   

Afsuski, Apple’ning Face ID tizimining xavfsizligi ko‘plab savollar tug‘dirmoqda. Bkav kompaniyasi tadqiqotchilari bu tizimni maxsus yaratilgan niqob yordamida alday olishgan. 10 yoshli Ammar ismli bola esa onasiga juda o‘xshash bo‘lgani sabab onasining smartfonini hech qanday qiyinchiliksiz ocha olgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: