Android’da ishlovchi mobil qurilmalar egalariga yangi virus xavf solmoqda

Fan-texnika 22:53 / 29.11.2017 12522

Antivirus dasturlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ESET kompaniyasi mutaxassislari Android’da ishlovchi mobil qurilmalar egalariga bank troyan virusi BankBot xavf solayotganidan ogohlantirishdi.

Bu virus izlari pasyans o‘yinlarida, telefon xotirasini tozalovchi dasturlar va smartfonni fonarchaga aylantiruvchi Sea FlashLight, Tornado FlashLight va Lamp For DarkNess dasturlarida aniqlangan.

Dastur yuklangandan keyin smartfondagi mavjud dasturlarni tahlil qilib, bank dasturlari aniqlanganda, administrator huquqlari berilishini so‘raydi. So‘ngra virus yashirin rejimda yangilanma ko‘rinishi ostida troyan virusini xotiraga yuklaydi.

Bank dasturi ochilganda BankBot shaxsiy kabinetning login va paroli kiritilishini talab qiluvchi soxta darcha chiqaradi. Foydalanuvchi ma'lumotlarni kiritishi bilanoq xakerlar uning bank hisob raqamiga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Ko‘proq yangiliklar: