GoPro kamerasi o‘zining yonib ketganini videotasvirga oldi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali. Ma'lum bo‘lishicha, hodisa Havayi orollaridagi vulqondan oqayotgan lavani suratga olishda ro‘y bergan.
Tasvir sayyohlar boshlovchisi Erik Storm tomonidan 2016 yilda olingan bo‘lsa-da, endi e'lon qilinmoqda. U mazkur vulqonga sayyohlarni boshlab borayotganida GoPro kamerasini qoyalardan biriga o‘rnatgan. Erik sayyohlarga vulqon haqida so‘zlab berar ekan, kamerasini unutgan.
Kamera o‘zining alanga domida qolganini tasvirga olar ekan, tashqi qobig‘i to‘liq kuyib ketgan. Ajablanarlisi shundaki, kamera ichidagi SD card zararlanmagan.
Biroq skeptiklar bu tasvirlarning haqiqiyligiga shubha bildirishmoqda.