Statoil Total bilan 1,45 mlrd dollarlik kelishuvga erishdi

Iqtisodiyot 18:50 / 27.11.2017 5218

Norvegiyaning Statoil neftgaz konserni Fransiyaning Total kompaniyasi bilan Shimoliy dengizning Norvegiya shelfida ikkita neft konidan 1,45 mlrd dollarga ulush sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Statoil xabarida aytilishicha, Skandinaviya qirolligi hukumati tasdiqlashi lozim bo‘lgan kelishuvni 2018 yilda yopish rejalashtirilmoqda.

Imzolangan kelishuv yakunlariga ko‘ra, Total Statoil’ga «Martin Linge» va «Garantiana» konlaridagi o‘z ulushlarini beradi. Norvegiya konserni shuningdek har ikki kon operatori maqomini oladi. Total vakili Leyf Xalvorsenning Dagens Næringsliv nashriga ma'lum qilishicha, Fransiya kompaniyasi ayni damda Norvegiya shelfidagi «o‘z to‘plamini optimallashtirmoqda».

Ko‘proq yangiliklar: