KAUST ilmiy-texnologiya universiteti (Saudiya Arabistoni)da dinamikaning yangi turi kashf qilinib, u ovoz manbai kichik bo‘lgan qurilmalar, masalan, smartfon yoki Bluetooth-kolonka tovushini 200 karra kuchaytirishga qodir. New Atlas shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
So‘nggi 30 yilda audiotashuvchilar sifatga qarshi qulaylik kurashi jarayonida jiddiy o‘zgarishlarni boshdan kechirdi: vinilning iliq tovushi kassetalar portativligi bilan almashdi, ular esa ixcham disklarning raqamli jarangiga o‘zgardi, keyin esa smartfon kabi kichik, cho‘ntak qurilmalarida siqilgan tovushda tinglashni taklif qiluvchi mp3 va boshqa formatlar paydo bo‘ldi. Bu qurilmalar dinamikasi musiqachilarni qoniqtirmaydi, biroq aksariyat iste'molchilar u qadar katta farqni sezishmaydi.
Portativ Bluetooth-kolonkalar nisbatan sifatli tovushlarni taklif qiladi, biroq muammo fizikada - dinamikaning sifatli membranasisiz keng qamrovli, jarangdor baslarga erishib bo‘lmaydi. Biroq Saudiya Arabistoni mutaxassislarining yangi tadqiqoti bu konsepsiyani tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Tadqiqotchilar plastikdan 10 santimetr diametrli akustik rezonans qurilmasini ishlab chiqib, bosmadan chiqarishdi, u smartfonning dinamikasi zaif tovushini 200 baravar kuchaytirishga va bunday kichik dinamika uchun kutilmagan keng qamrovli baslar ishlab chiqishga qodir. Uning ichida markazdan tarqaluvchi spiralsimon kanallar yashirindir. Bunday tuzilma tovushni sekinlashtiradi va hatto kichik diametrga ham qaramay, past chastotali rezonansga rivojlanish imkonini beradi.
"Kanallar ichidagi havo rezonansi tufayli manbaning yanada ko‘p elektr energiyasi tovushga aylanadi", - deydi ixtirochilardan biri In Vu. Boz ustiga, bunday tuzilmada tovush barcha yo‘nalishlar bo‘ylab teng tarqaladi.
Agar bu texnologiya faqat muayyan to‘lqinlar uzunligini kuchaytirib, tovushni buzmasa, u nisbatan yengil, kichik va basli Bluetooth-kolonkalar yaratilishiga asos bo‘lishi mumkin. Ularning narxi arzonroq bo‘lish bilan birga, kamroq energiya iste'mol qiladi. Oxir-oqibat, qulaylik va sifat bir-biriga zid bo‘lib qolmaydi.